1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Amerikalik bloger 100 ta uy qurib, muhtojlarga sovg‘a qildi

U bu harakati uchun internetda tanqidga uchradi.

Amerikalik bloger 100 ta uy qurib, muhtojlarga sovg‘a qildi

O‘zining xayriya aksiyalari bilan tanilgan mashhur bloger MrBeast yangi tashabbusga qo‘l urdi. U muhtoj oilalarga 100 ta uy qurib berdi.

 

MrBeast nomi ostida ijod qiluvchi Jimmi Donaldson bundan oldin ham ko‘plab savobli ishlarga boshchilik qilgan. U minglab odamlarning ko‘rish qobiliyatini tiklash va kataraktani olib tashlash operatsiyalari uchun pul bergan. 

 

Shuningdek, bloger odamlarga 3 million dollardan ko‘proq pul, shaxsiy samolyot va hatto orol ham sovg‘a qilgan. 

 

Lekin shunga qaramay, MrBeast yaxshilik yo‘lida qilayotgan ushbu saʼy-harakatlari uchun ijtimoiy tarmoqda tanqidlarga ham uchrab turadi. 

 

"Biz odamlarga yordam berganimizda baʼzi insonlarning jahli chiqadi. Ular bu ishlarni aslida men emas, hukumat vakillari qilishi kerakligini uqtirmoqchi bo‘lishadi. Ha, ularning fikri to‘g‘ri, lekin men jamiyatdagi Ijtimoiy tengsizlikka shunchaki qarab turolmayman", deydi bloger. 

 

Shuningdek, Donaldson internet orqali topgan barcha daromadlarini muhtoj insonlarga sarflashini va o‘limidan oldin ham bor narsasini ularga berishini vaʼda qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика