1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Amerikalik bloger videosi ko‘p tomosha qilinishi uchun aviahalokat sodir etdi

U 20 yilga qamalishi mumkin.

Amerikalik bloger videosi ko‘p tomosha qilinishi uchun aviahalokat sodir etdi

 

U Kaliforniya tog‘larida samolyot halokatini uyushtirganini tan oldi. Politsiya tergov olib bormoqda va u 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

 

Uchuvchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan 29 yoshli Trevor Jeykob 2021 yil dekabr oyida halokatga uchragan samolyot videosini joylashtirdi. Erkak Santa-Barbara aeroportidan yakka parvoz qilgan. Uning yonida parashyut va selfi tayoq ham bor edi. To‘satdan samolyot qulab tusha boshladi va uchuvchi parashyutda uchishga majbur bo‘ldi. Samolyot havoga ko‘tarilganidan 35 daqiqa o‘tib Los-Padres milliy o‘rmoniga qulagan. Bloger buni baxtsiz hodisa sifatida joylashtirdi.

 

U halokat joyini topdi va tasvirga oldi. Bugungi kunga qadar video 2,9 milliondan ortiq ko‘rilgan. Ayrim foydalanuvchilar voqeaga shubha bilan qarashgan.

 

Rasmiylarning taʼkidlashicha, u nafaqat samolyotni qasddan halokatga uchratgan, balki voqea joyini tozalagan va shu bilan federal tergovga to‘sqinlik qilgan. Jeykob tergovga aralashish maqsadida dalillarni yo‘q qilish va yashirishda aybdorligini tan oldi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика