1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Amerikalik komik «aql bovar qilmas» krossovkalarni taqdim etdi (foto)

Amerikalik komik, didjey va boshlovchi Kervin Frost Adidas brendi bilan kollaboratsiya natijasida yaratilgan noodatiy krossovkalarini namoyish etdi. «Aql bovar qilmas» oyoq kiyimlar suratini u o‘zining Instagram‘dagi sahifasiga joylashtirgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Amerikalik komik «aql bovar qilmas» krossovkalarni taqdim etdi (foto)

 

 

Frost klassik oq-ko‘k Forum High modelini yechiladigan yorqin sochlar, bog‘ichning har bir tarafini ko‘z, burun va katta tishlar bilan bezagan. Krossovkaning taskasiga KerwinFrost logotipi tushirilgan.

 

 

Highsnobiety nashrining taʼkidlashicha, ushbu oyoq kiyim g‘alati ko‘rinishi mumkin, ammo u Frostning yorqin uslubini yaxshi ifodalab bergan.

 

 

 

Kerwin Frost x Adidas Originals Forum High krossovkalari 250 dollardan sotiladi. Oyoq kiyimning rasman taqdim etilishi sanasi hozircha nomaʼlum.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика