1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Amerikalik kongressmen o'zga sayyoraliklar borligini aytdi

Uning taʼkidlashicha, AQSH hukumati bundan XIX asr oxiridan beri xabardor.

Amerikalik kongressmen o'zga sayyoraliklar borligini aytdi

 

AQSH Kongressi Vakillar palatasi qo‘mitasi aʼzosi respublikachi Tim Burchett kutilmaganda o‘zga sayyoraliklar borligini maʼlum qildi, deb xabar berdi Daily Mail. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH hukumati o‘zga sayyoraliklar borligi haqida XIX asr oxiridan beri xabardor.

 

Siyosatchining taʼkidlashicha, kosmik kemalar barcha zamonaviy fizikaga qarshi bo‘lib, nafaqat havoda, balki suv ostida ham o‘z harakatidan iz qoldirmasdan harakatlana oladi.

 

Burchett shov-shuvli bayonot bilan chiqdi va unga maxfiy hujjatlar va videolar ko‘rsatilganligini taʼkidladi.

 

"Aslida, AQSH hukumati o‘zga sayyoraliklar borligi faktini 1947-yildan beri, yaʼni mashhur Rozuyel hodisasi sodir bo‘lganidan beri (Nyu-Meksikoda NUJ halokatga uchragan) emas, balki 1897-yildan, yaʼni Texasda NUJ halokatga uchraganidan beri yashirib keladi. Mavjudotlar biz yetib bo‘lmaydigan texnologiyalarga ega va agar o‘zga sayyoraliklar xohlasa, odamlarni allaqachon ko‘mirga aylantirgan bo‘lar edi. Lekin yerdan tashqari sivilizatsiya biz uchun xavf tug‘dirmaydi, chunki ular hali birorta dushmanlik ssenariysini amalga oshirmagan. Ammo bu sodir bo‘lganida, insoniyatning o‘zga sayyoraliklarga qarshilik ko‘rsatish imkoniyati bo‘lmaydi", — dedi kongressmen.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика