1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Amerikalik reper prezident sayloviga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi

Bu uning ikkinchi urinishi bo‘ladi.

Amerikalik reper prezident sayloviga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi

 

Mashhur amerikalik reper Kane Uyest 2024-yilda AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘yishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda "New York Post" nashri xabar bermoqda. 

 

Jurnalist va siyosiy sharhlovchi Milo Yiannopulos xonandaning siyosiy kampaniyasi ustida ishlamoqda. Qayd etilishicha, bu reperning ikkinchi urinishi. 2020-yilda u kechikib ariza topshirgan va faqat bir nechta shtatlarda ro‘yxatga kirgan. Saylov yakunida 60 mingga yaqin ovoz to‘plagan.

 

Avvalroq amerikalik reper Kane Uyest “Adidas” bilan hamkorlikni buzgach, milliarder maqomini yo‘qotgani  xabar qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика