1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Amir Xon Mutaqqiy Hindistonni Kobuldagi elchixonasini ochishga chaqirdi

Shuningdek, Afg‘onistonda ayollar bilan bog‘liq vaziyatga izoh berilgan.

Amir Xon Mutaqqiy Hindistonni Kobuldagi elchixonasini ochishga chaqirdi

 

Afg‘oniston tashqi ishlar v.b. Amir Xon Mutaqqiy Hindistonni Kobuldagi elchixonasini qayta ochishga chaqirdi. Bu haqda u Hindiston OAVlariga bergan intervyusida aytgan.

 

Mutaqqiy toliblar diplomatik missiya xavfsizligini taʼminlashiga vaʼda bergan. Shu bilan birga u Nyu-Delining Afg‘onistondagi loyihalarini qayta tiklashiga umid bildirgan.

 

Shu bilan birga vazir Afg‘onistondagi xotin-qizlar bilan bog‘liq vaziyatga izoh berar ekan, “Tolibon” hokimiyati o‘rnatilgan so‘nggi to‘qqiz oyda biror ayol qamoqqa olinmaganini maʼlum qilgan.

 

Avvalroq Qandahorda ayollarga jamoat transportida yakka holda harakatlanish taqiqlab qo‘yilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика