1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Amudaryodagi YTHda 7 kishi vafot etdi

Yana 3 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Amudaryodagi YTHda 7 kishi vafot etdi

 

Bugun, 16 sentyabr kuni  Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar yo‘lovchi vafot etdi.

 

Maʼlum qilinishacha, soat 08:35 larda Nexia rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Lacetti rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

 

YTH oqibatida 7 nafar fuqaro vafot etgan va 3 nafar fuqaro shahar shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

 

Vafot etgan fuqarolarning bir nafarining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Qolgan 6 nafar fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilmokda. Voqea joyiga shahar Prokuratura, IIB, FVB, SSB hamda tezkor tergov guruhi xodimlari chiqishgan.

 

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика