2023-yilda Amudaryo, Afg‘onistonni hisobga olmaganda, uchta davlatga jami 47,58 kub kilometr suv bergan.
Ushbu daryodan suv olish bo‘yicha rekordchi Turkmaniston bo‘lgan. Qo‘shni davlat Amudaryodan 19,9 kub kilometrdan ko‘proq (jamiga nisbatan 42 foiz) suv olgan.
Shuningdek, O‘zbekiston daryo suvining 38,4 foizi (taxminan, 18,3 km kub)ni, Tojikiston tomoni esa 19,8 foizi (9,4 km kubdan ortiqroq)ni iste’mol qilgan.
Afg‘oniston bo‘yicha aniq ma’lumotlar esa aytil o'tilmagan. Ammo daryodan suv olish bo‘yicha Afg‘oniston, hech bo‘lmaganda, 4-o‘rinda bo‘lishini taxmin qilinmoqda.
"Rasmiy ma’lumotlarda 7 mln, mustaqil hisob-kitoblarga ko‘ra esa 5 mln dan ko'pligi aytiladigan mamlakatning 2023-yilda Amudaryodan suv olishi aholi jon boshiga 6 ming 741,7 metr kubga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Turkmaniston mintaqadagi barcha qo‘shni davlatlardan oldinda, butun dunyoda rekordchilardan biri hisoblanadi", – deyiladi ma’lumotlarda.


