8 may kuni "Real" Chempionlar ligasi yarim finali doirasida "Bavariya"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi, Karlo Anchelotti esa Chempionlar ligasida murabbiy sifatidagi 203-uchrashuvini o'tkazdi. U shu tariqa Chempionlar ligasida murabbiy sifatidagi ko'p o'yinlar o'tkazish bo'yicha Aleks Fergyusonning rekordini yangiladi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha yana kimlar yuqori ko'rsatkichga ega?
Arsen Venger
Arsen Venger Chempionlar ligasida 190 ta o'yin o'tkazgan. Fransiyalik mutaxassis “Monako” (1987–1994) va “Arsenal” (1996–2018) klublarini boshqargan, biroq bu jamoalar bilan hech qachon Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etmagan.
Aleks Fergyuson
Aleks Fergyuson 1986-yildan 2013-yilgacha “Manchester Yunayted”da bosh murabbiy sifatida ishlagan. Bu vaqt ichida "qizil iblislar" shotlandiyalik mutaxassis boshchiligida 202 marta Chempionlar ligasida maydonga tushadi. "Manchester Yunayted" Ser Aleks davrida (1999, 2008) ikki marta Yevropaning eng kuchli jamoasi deb topiladi.
Karlo Anchelotti
Italiyalik murabbiy o‘z jamoalarini (“Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, PSJ, “Real”, “Bavariya” va “Napoli”) 203 marta Chempionlar ligasi o‘yinlariga olib chiqqan. Anchelotti murabbiylik faoliyati davomida “Milan” bilan ikki marta (2003, 2007) va “Real” bilan ikki marta (2014, 2022) Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.


