Madridning “Real” klubi rahbariyati va 64 yoshli italiyalik bosh murabbiy Karlo Anchelotti shartnomani uzaytirdi. Avvalroq, klub 2024-yilning yanvarida murabbiy bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Manbaga ko'ra, Madrid klubi va Anchelotti o'rtasidagi yangi kelishuv 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti 2021-yilning yozida "Real"ni boshqarib kelmoqda.


