Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
“Andijon — Xiva — Andijon” qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qatnovi 28--sentabrdan yo‘lga qo‘yiladi. 29-sentabrdan haftaning har payshanba kuni Andijondan harakatlanayotgan “Andijon — Buxoro” yo‘lovchi poyezdining harakat yo‘nalishi Urganch bekatigacha uzaytirildi. 651/652-sonli “Andijon — Xiva — Andijon” yo‘lovchi poyezdi haftaning chorshanba kunidan Andijondan, haftaning payshanba kunidan boshlab esa Xivadan jo‘naydi”, — deyiladi xabarda.
Qolaversa, 391/392-sonli “Andijon — Urganch — Andijon” yo‘lovchi poyezdi harakati haftaning payshanba kuni Andijondan va haftaning juma kunidan boshlab Urganch bekatidan harakatlanadi.


