Toshkentdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan andijonlik talabalarga uyga yetib olishlari uchun maxsus yo‘nalishsiz taksi tashkil etilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan qishki taʼtilga chiqqan andijonlik talabalar o‘z uylariga yetib olishlari uchun 25 ta yengil avtomobil ajratildi.
"Avtomobillar karvoni 27 dekabr kuni soat 12:00 da Toshkentdagi O‘zbekiston mehmonxonasidan Andijonga yo‘l oladi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shuhrat Abdurahmonov aholi bilan uchrashuvlarda olis hududlardagi kam taʼminlangan xonadonlarga quyosh panellari berish taklifini bergandi.


