
Haftaning yakshanba kunlari soat 14:34 da Andijondan harakatini amalga oshiradigan 660-sonli yo‘lovchi poyezdi Marg‘ilon, Qo‘qon, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qarshi kabi yirik shaharlardan o‘tib, Termiz shahriga yetib boradi.
Shuningdek, 659-sonli yo‘lovchi poyezdi 23 avgustdan boshlab, har haftaning dushanba kunlari soat 15:25 da Termiz temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
Qo‘shimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan olish mumkinligi maʼlum qilinmoqda.


