1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Andijon tumanidan avtomashina olib qochgan shaxs Namangan shahridan ushlandi

Andijonda fuqaro A.R. tomonidan boshlig‘iga tegishli  bo‘lgan “Sobalt” rusumli avtomashina olib qochilgan. Bu haqda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Andijon tumanidan avtomashina olib qochgan shaxs Namangan shahridan ushlandi

 

 

Bu voqea joriy yilning 28 iyul kuni soat 16:00 larda  Andijon tumani Xo‘ja MFY hududida joylashgan oziq ovqat do‘koni oldidagi avtoturargohda sodir bo‘lgan.

 

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqaro A.R. “Sobalt” avtomobilini Namangan shahar IIO FMB joylashgan hudud yaqinida boshqarib yurgan vaqtida ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan A.R.ga nisbatan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan  shu yilning 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика