1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijon YHXBdagi to‘lov kassasida fuqarolardan qo‘shimcha haq undirilyaptimi?

YHXBB holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Andijon YHXBdagi to‘lov kassasida fuqarolardan qo‘shimcha haq undirilyaptimi?

 

Andijon viloyati IIB YHXB Ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limida xizmat ko‘rsatib kelgan “Xalq banki” kassa shaxobchalari vaqtincha yopilganligi sababli fuqarolarga avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi to‘lovlarni amalga oshirishda noqulayliklar yuzaga kelgan.

 

Ushbu noqulayliklarni bartaraf qilishda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati xizmatidan foydalanilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4921-son qaroriga asosan, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida to‘lovlarni qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimini yanada mukammallashtirish maqsadida “Avval” to‘lovlar va pul o‘tkazmalari kompleks axborot tizimi ishlab chiqilgan.

 

Ushbu tizim orqali fuqarolarga xizmat ko‘rsatish maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati “Aloqa bank” bilan shartnoma qilgan holda to‘lovlardan ustama haqi sifatida olingan mablag‘lar ustiga 2 foiz xizmat uchun to‘lov undirilishi belgilangan. Ushbu belgilangan ustama haqini qabul qilish bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining 111-son buyrug‘i tasdiqlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика