1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Andijoncha tashabbus: endi ehtiyojmand oilalarga maishiy texnikalar o‘rniga quyosh panellari topshiriladi

Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov aholi bilan uchrashuvlarda olis hududlardagi kam taʼminlangan xonadonlarga quyosh panellari berish taklifini berdi.

Andijoncha tashabbus: endi ehtiyojmand oilalarga maishiy texnikalar o‘rniga quyosh panellari topshiriladi

 

Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov bir qancha hududlardagi aholi bilan uchrashuvlarda olis hududlardagi kam taʼminlangan xonadonlarga quyosh panellari berish taklifini berdi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, aholiga tuhfa yoki yordam sifatida televizor, muzlatgich yoki isitgich kabi maishiy texnikalar topshirish bir tomondan ularning elektr uchun harajatini ko‘paytirmoqda. Moddiy yordam so‘rab murojaat qilayotgan fuqarolar ham aksar hollarda elektrdan qarzdorlik sabab yordam so‘ramoqda.

 

«Xonadonlarni yo‘qlab borganda yoki bayram kunlarida insonlarga televizor yoki boshqa texnikalar sovg‘a qilganda ko‘ra, quyosh paneli topshirsak va o‘rnatib ham bersak, ularning oilasiga har tomonlama ko‘proq foyda bo‘lar ekan», — dedi viloyat hokimi.

 

Shundan kelib chiqib, ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatishda quyosh paneli topshirishni joriy qilish ko‘zda tutiladi.

 

«Bu orqali o‘sha xonadonning elektr energiyasi barqarorlashadi, xarajati kamayadi, to‘lovdagi yetishmovchiliklar ortda qoladi, xonadonni isitish osonlashadi va oilaning hozirdagi asosiy muammolaridan bir nechtasi yechim sari yuzlanadi», — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика