O‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarishda “Beshpaxlavon” MFYdagi nasos stansiyasi hududida suv nasosini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 411,4 mln so‘mlik elektr energiyachsidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.k.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar MCHJning Andijon tumani, “Otchopar” MFY hududidagi suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 200,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


