Holat 21 iyun kuni soat 03:30 atrofida Andijon shahrida sodir bo‘lgan. 2008 yilda tug‘ilgan qiz ko‘p qavatli uyning tom qismidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan. Shundan so‘ng u voqea joyida vafot etgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan qiz ota-onasi vafot etganligi sababli, bobosining qaramog‘ida u bilan birga yashab kelgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


