Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 11.12.2025 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.M.dan undiruvchi Ya.M. foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.
Qarzdor X.M. aliment pullari o‘rniga sobiq turmush o‘rtog‘i Ya.M. bilan o‘zaro kelishib, farzandlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda aliment to‘lovlari evaziga jixozlari bilan 2 xonali uy-joy berishini maʼlum qildi.
Shu tariqa, sobiq turmush o‘rtoqlar o‘rtasida kelishuvga erishilib, qarzdor undiruvchiga Oltinko‘l tumani, Ittifoq MFY, Nurli xayot ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda joylashgan xonadon rasmiylashtirib berildi. Undiruvchining arizasiga asosan ijro hujjati belgilangan tartibda tamomlandi.


