1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda bir nechta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Ushbu YTH natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Andijonda bir nechta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

 

3-oktabr kuni soat 17:00 atrofida Andijon viloyati Shahrixon tumanida I.O. Howo yuk avtomashinasini boshqarib FAV yuk avtomashinasini tortib kelayotgan vaqtida o‘zidan oldinda harakatlanayotgan Damas avtomashinasi haydovchisi T.R. keskin to‘xtab olish oqibatida u bilan bir yo‘nalishda orqasidan kelayotgan Spark avtomashinasi haydovchisi A.I. ham orqasidan to‘xtab olgan. Shu vaqtda Howo yuk avtomashinasi ob-havo sharoitini inobatga olmaganligi, oraliq masofa saqlay olmasdan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqida Andijln viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ushbu YTH natijasida hech kim tan jarohati olmagan, transport vositalari esa texnik shikastlangan. Mazkur holat yuzasidan, hozirda Shahrixon tumani IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика