Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati bog‘chada yuz bergan janjalga rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 2024-yilning 19-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 6-DMTTda yuz bergan janjal bo‘yicha xabarlar tarqalgan. Holat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilindi.
Haqiqatdan ham Andijon shahridagi 6-Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida tortishuv yuz bergan. Ushbu holatda pedagogik etika qoidalariga zid harakatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun bog‘cha direktori M.A.ga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, bog‘cha xodimlari faoliyat davomida pedagogik madaniyat me’yorlariga rioya etishlari zarurligi hamda ta’lim imidjiga salbiy ta’sir etuvchi vaziyatlarga qayta yo‘l qo‘ymasliklari bo‘yicha ogohlantirildi.


