13 yanvar kuni soat 06:18 da Andijon tumani “Dehqon” MFY Barhayot ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 06:33 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 06:36 da qurshab olingan va soat 06:55 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida xonadonning 50 kvadrat metr maydonida shift, tom qismi va uy jihozlari hamda darvozaxonada bo‘lgan Damas yonib zararlangan. Yong‘indan uyning 120 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


