Aniqlanishicha, joriy yilning 5 fevral kuni fuqaro S.M. (erkak) shaʼriy nikohidagi turmush o‘rtog‘i J.M. (ayol kishi) bilan o‘zaro janjallashib, buning oqibatida S.M. xo‘jalik pichog‘i bilan shaʼriy nikohidagi ayoli J.M.ni qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani prokuraturasi tomonidan S.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va S.M. protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov xarakatlari alohida nazoratga olingan, tergov xarakatlari davomida ishga oid barcha holatlar tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.


