Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Shahrixonda ko‘k jiguli yonib ketibdi" sarlavhali videoxabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, kecha soat 12:46larda Shahrixon tumani Ortish mahallasi hududida 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro I.I. boshqaruvidagi ko‘k rangli "VAZ 2101" rusumli avtomashina to‘xtab turgan joyida salon ichidagi elektr qismidagi nosozlik tufayli qisqa tutashuv oqibatida yonib ketgan.
Tuman FVB o‘t o‘chiruvchilari tomonidan soat 13:07 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘inda avtomashinaning dvigateli va salon qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olishmagan.


