1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda Nexia-3 va Matiz YTHga uchradi

Holat bo‘yicha YHXB maʼlumot berdi.

Andijonda Nexia-3 va Matiz YTHga uchradi

 

Bugun, 15 iyun kuni Andijon viloyatining Andijon tumanida  ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat bo‘yicha viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.

 

Holat soat 14:30 larda Andijon tumani hududidan o‘tgan “Andijon halqa yo‘li”da yuz bergan. Unda Nexia-3 hamda Matiz rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashib ketgan. YTH Nexia-3  haydovchisi — 1996 yilda tug‘ilgan A.R.ning qarama-qarshi yo‘ldan kelayotgan Matiz rusumli transport vositasining yo‘liga chiqib yuborishi oqibatida ro‘y bergan.

 

Hodisa oqibatida Matiz rusumli avtomashina haydovchisi SHTTYOBga murojaat qilgan. Xar ikkala avtomashinalar texnik shikastlangan.

 

Ushbu holat Andijon tuman IIB tomonidan ro‘yxatga olinib, hozirda tuman IIB YHXG tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика