1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda “otkatchi”lardan biri ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Andijonda “otkatchi”lardan biri ushlandi

Andijonda qiymati 42 mlrd so‘mlik loyihani olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Andijon tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan A.B. va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi, 1971 yilda tug‘ilgan X.U. o‘zaro til biriktirib, yo‘l qurilishi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbarining ishonchiga kirishadi.

 

Ular yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, MCHJga Asaka tumanidagi “4R-112” avtomobil yo‘lining 4 km qismiga asfaltobeton qoplamasini yotqizish bo‘yicha loyihani olib berish evaziga, loyiha uchun ajratiladigan 42 mlrd so‘mning 10 foizini (4,2 mlrd so‘m) berishini talab qilishadi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.B. so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика