
Aniqlanishicha, Andijon shahrida joylashgan Saxovat keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida doimiy yashovchi Jamila Qayumov (barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) 2018 yildan buyon sharʼiy nikoh asosida fuqaro ikkinchi guruh nogironi Umirbek Matisaqov bilan birga yashab kelgan. Juftlik 2019 yilning 1 dekabr kuni birgalikda televizor ko‘rib, spirtlik ichimlik ichgan. Shunda Umirbek xotiniga jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirishni taklif qilgan, Jamila esa rozi bo‘lmagan. Natijada Umirbek uni majburlamoqchi bo‘lganida jahli chiqib, unitaz qopqog‘i bilan erining boshiga bir necha marta urib, unga tan jarohati yetkazgan.
«O‘sha paytda vajohatda edim. Uning qilig‘idan g‘azablanganim uchun aqlim joyida emasdi. Shu sababli hozir nima bilan urganligimni eslay olmayman. To‘g‘ri tushunasizlar degan umiddaman, men o‘zimni himoya qilish uchun shunday qilganman. Har qanday jazoga tayyorman, qilmishimdan afsuslanmayman», — deydi sudlanuvchi.
Sudda Jamila Qayumova Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismining “d” (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lishi) bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


