1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Andijonda soxta ichki ishlar xodimi qo‘lga olindi

U fuqarolardan pul talab qilgan hamda ayol kishini o‘zi bilan birga ko‘ngilxushlik qilishga majburlagan.

Andijonda soxta ichki ishlar xodimi qo‘lga olindi

Andijonda tovlamachilik yo‘li bilan fuqarolardan pul talab qilib, ayol kishini o‘zi bilan birga ko‘ngilxushlik qilishga majburlagan soxta ichki ishlar xodimi qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Andijon IIB.

 

Viloyat IIBning maʼlum qilishicha, Andijon shahrida yashovchi ayol Andijon shahar 3-kichik daha hududidagi ko‘p qavatli uylarning birini vaqtincha foydalanish maqsadida ijaraga olib, 19-may kuni soat 21:00 lar atrofida erkak tanishini taklif qiladi va ushbu xonadonda ko‘rishadi.

 

«Qo‘shtirnoq ichidagi oshiq-maʼshuqlarning xonadonda ekanliklaridan xabar topgan O.U ismli yigit ayolning ijaradagi uyiga kelib, baqir-chaqir orqali xonadon eshigini ochishga erishib, ularga o‘zini ichki ishlar organlari Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘limi xodimi sifatida tanishtirib, o‘zi tayyorlab olgan soxta xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, xonadon ichidagi ayol va uning jazmanini nopok ishlar bilan shug‘ullanayotganligini ro‘kach qilib, ushbu jarayonni o‘zining uyali telefon apparati orqali videotasvirga tushirib, ularni jinoiy javobgarlikka tortish hamda yashash manziliga borib mahallasi va yaqin qarindoshlari o‘rtasida aytib sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, A.T ismli erkakni yuz qismiga urib, ‘Samsung-S20‘ rusumli telefon apparatini tortib oladi», — deyiladi xabarda.

 

Shundan so‘ng ertasi kuni o‘zini huquqni muhofaza qilish organi xodimi sifatida tutgan ayblanuvchi A.T. ismli erkak bilan ko‘rishib, jazmani bilan bo‘lgan holat bo‘yicha o‘zidagi videorolikni hech kimga tarqatmaslik va holat bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmaslik evaziga 500 AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan talab qiladi. Bundan tashqari, ayblanuvchi D.E ismli ayolning ham jazmani bilan bo‘lgan holatni yaqinlariga aytib sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, o‘zi bilan birga ko‘ngilxushlik qilishga majbur qiladi.

 

Natijada soxta xodimning qilmishlari to‘g‘risidagi arizaga asosan 22-may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soxta xodim fuqarodan talab qilgan 500 AQSH dollari hisobidan 3,2 mln so‘m pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan soxta xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика