Andijon viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 23 iyun kuni “Bo‘z Iqbol chorvasi” MCHJ rahbari N.S. Bo‘ston tumanidagi “Buyuk turon chorvasi” fermer xo‘jaligi dala maydonidagi daraxtga arqon bilan o‘zini osib qo‘ygan.
Holat bo‘yicha Bo‘ston tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Marhuma N.S. ham tuman maktabgacha taʼlim tashkiloti mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari bo‘yicha videomurojaat yo‘llagani aytilmoqda.
Shuningdek, N.Sattorovaning marhum akasi rahbarlik qilgan “Bo‘z Iqbol chorvasi” MCHJ tomonidan tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlarining pullari to‘lab berilmaganligi haqidagi murojaati Bo‘ston tuman prokuraturasi tomonidan mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.
Har ikkala holat bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


