1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda Tracker zovurga tushib ketdi

Hodisaga yuqori tezlik sabab bo‘lgan.

Andijonda Tracker zovurga tushib ketdi

Holat 10 iyul kuni soat 23:30 larda Andijon tumani “TeraktagiMFY hududidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan. 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi Tracker rusumli transport vositasida harakatlanayotib, tezlikni meʼyoridan oshirib yuborgan. Shundan so‘ng u rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qatnov qismidan chiqib, zovurga tushib ketgan.

 

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtomashinaning oldi o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 20 yoshli fuqaro tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga murojaat qilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика