1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda xonadonlarning biri yonib ketdi

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar bor.

Andijonda xonadonlarning biri yonib ketdi

 

Bugun, 8-iyun kuni Andijon shahridagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqamasi maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 16:19 da Andijon shahar «Yorboshi» MFY Sohil ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:26 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:29 da o‘rab olingan va soat 16:34 da o‘chirilgan.

 

Yong‘in oqibatida uyning 70 kvadrat metr maydonda tom, shift va uy- jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar tufayli uyning 150 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

 

Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика