1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda yangi institut tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Andijonda yangi institut tashkil etiladi

“Andijon davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Qarorga ko‘ra, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.

 

Avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, to‘qimachilik, muhandislik, qurilish va boshqa sanoat sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning oliy maʼlumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlash Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

 

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:

 

  • energetika muhandisligi, sunʼiy intellekt, mexatronika va robototexnika kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash hajmi oshiriladi;

  • talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;

  • talabalarga o‘qish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar bo‘yicha barcha zarur xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi;

  • bakalavriat va magistratura bosqichlariga o‘qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlarda darslarni xorijiy tillarda o‘tkazish belgilandi.

     

Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Institutda davom ettiradi.

 

Bitiruvchi kurs talabalariga 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Institut diplomi beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика