1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijondagi bankda mijozga qalbaki dollar berildi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Andijondagi bankda mijozga qalbaki dollar berildi

 

Andijon viloyatining Xonobod shahrida mijozlarga qalbaki AQSH dollarini o‘tkazgan bank sobiq kassiri aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” Xonobod filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Maʼlum bo‘lishicha, ushbu bank universal kassasi sobiq kassiri I.A va boshqalar o‘zaro til biriktirib, chet davlatlardan pul o‘tkazmalari orqali kelgan AQSH dollarlarini olish uchun bank xizmatidan foydalangan mijozlarga qalbaki 2 600 AQSH dollarini o‘tkazgan. Shundan qalbaki 1 600 AQSH dollarining mijozlar tomonidan qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика