Kecha, 16 avgust kuni Andjon viloyatining Buloqboshi tumanida elektr transformator yonib ketdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, soat 22:30 da Buloqboshi tumanidagi 35/10 kVli “Buloqboshi” podstansiyasida yong‘in chiqqan 1-transformatorning yonishi natijasida ushbu hududdagi 1000 ga yaqin isteʼmolchilar elektr taʼminotidan uzilgan.
Yong‘in Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan qisqa vaqt ichida o‘chirilgan.
Elektr taʼminotidan uzilgan isteʼmolchilar soat 23:45 da podstansiyadagi 2-transformator orqali tarmoqqa to‘liq ulangan.


