O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O‘.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Qoraqalpoq” MFYdagi xonadonida 14 ta to‘plamdagi “Bitmain” mayning kripo-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 133,2 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


