O‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Paxtaobod tumanida joylashgan “M.M.A.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida gaz hisoblash uskunasining impuls naychasiga tashqi taʼsir o‘tkazilgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz taʼminoti korxonasiga 2 mlrd 541 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


