1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonlik ota aliment evaziga ikki xonali uy berdi

Erkakning alimentdan 87 mln qarzi bo‘lgan.

Andijonlik ota aliment evaziga ikki xonali uy berdi

Ulug‘nor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. 2017-yilda Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida ketgan. Ushbu davr mobaynida farzandi uchun belgilangan aliment to‘lovlarini amalga oshirmagani natijasida 87,8 mln. so‘m qarzdorlik yuzaga kelgan.

 

Fuqaro M.A. xorijda bo‘lgan vaqtda o‘z fuqarolik pasportining amal qilish muddati tugagan. Shu sababli, elchixonaga yangi biometrik pasport olish maqsadida murojaat qilgan. Murojaat chog‘ida uning aliment majburiyatini bajarmagani va qarzdorlar ro‘yxatiga kiritilgani maʼlum qilingan.

 

Yuzaga kelgan qarzni qoplash maqsadida fuqaroning onasi tashabbus ko‘rsatib, Ulug‘nor tumanida joylashgan ikki xonali hovli uyini nabiralari uchun rasmiylashtirish istagini bildirgan. Tomonlar o‘rtasida tegishli kelishuv tuzilgan va undiruvchi tomonidan ko‘chmas mulk aliment qarzi evaziga qabul qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика