Andijonning eng boy odamlaridan biri, taniqli tadbirkor, “Rash milk”, “Recosement” korxonalari egasi Rahmiddin Mirzayev o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda. U nega bunday qilgan hozircha nomaʼlum, mazkur voqea yuzasidan tegishli organlar o‘rganish ishlarini olib borilayotgani maʼlum qilindi.
“G‘oyalari, rejalari katta edi. Doim katta marralar haqida o‘ylardi. So‘nggi bor o‘tgan hafta Sho‘rchi tumanidagi qurilishi boshlangan masjidga yordam jo‘natganda ularning haqlariga g‘oyibona duolar qilib eslagandik. Sportni yaxshi ko‘rardi. Talimni rivojlantirish tarafdori edi. Homiylik ishlari ko‘p edi”, — deb yozgan jurnalist Xurshid Daliyev o‘zining Telegram kanalida.


