1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Angrenda noqonuniy dori savdosiga chek qo‘yildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Angrenda noqonuniy dori savdosiga chek qo‘yildi

 

Toshkent viloyatining Angren shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. umumiy qiymati 132,4 million so‘mlik, sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 6 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni fuqaro I.Ya.ga 8 800 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика