1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Anjelina Joli Ukrainaga keldi

U aholi bilan suhbatlashib, ularni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Anjelina Joli Ukrainaga keldi

 

Gollivud aktrisasi va BMTning “yaxshi niyat elchisi” Anjelina Joli Ukrainaga keldi. U insonparvarlik missiyasi bilan urush davom etayotgan mamlakatga tashrif buyurdi.

 

Kino yulduzi Lvovga borgan. Ijtomoiy tarmoqlarda uning kafelardan birida suratga olingan videosi paydo bo‘ldi. Joli  Lvovdagi vokzalda ukrainaliklar bilan suhbatlashgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Anjelina Joli 2001-yilda BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining “yaxshi niyat elchisi” etib tayinlangan. Tayinlanganidan beri u bir qator mamlakatlarga qochqinlar bilan uchrashish uchun borgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика