Vulqon otilishi tufayli Antarktida osmoni pushti va qizil rangli tusga kirdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar bermoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu hodisaga yanvar oyida sodir bo‘lgan vulqon otilishi natijasida stratosferaga aerozollar chiqqani sabab bo‘lgan.
“Stratosfera aerozollari vulqon otilishidan keyin bir necha oy davomida butun dunyo bo‘ylab aylanib, quyosh botishi yoki ufqdan pastga ko‘tarilishi bilan yorug‘likni tarqatishi mumkin. Bu esa osmonda pushti, ko‘k, binafsharanglar bilan porlashni yaratadi”, — deydi sinoptik Nava Fedayeff.


