1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Antaliya — Turkiyaning oilaviy taʼtil uchun mashhur va ommabop turistik markazi

Zamon.uz shaharning diqqatga sazovor joylari haqida maʼlumot to‘pladi.

Antaliya — Turkiyaning oilaviy taʼtil uchun mashhur va ommabop turistik markazi

 

Bugungi kunda Antaliya oilaviy taʼtil uchun Turkiyadagi eng maqbul dam olish maskani hisoblanadi. Shahardagi qulay va rivojlangan infratuzilma hamda Antaliyaning tengsiz qumli va toshli plyajlari «Moviy bayroq» belgisiga ega. Shuni taʼkidlash joizki, shahar doim o‘zining tozaligi va dam oluvchilar uchun yaratilgan qulaylik darajasi bilan mashhur bo‘lgan. Bundan tashqari, Antaliya mehmonxonalari qulay va unutilmas oilaviy dam olishni tashkillashtirishga qaratilgan.

 

Asosiysi, bu yerga sayohat uchun kelgan insonlarning vaqti ko‘plab diqqatga sazovor joy, shahar va uning atrofidagi ko‘ngilochar maskanlardan foydalanish imkoniyati tufayli qiziqarli voqealarga boy bo‘ladi. Hech shubha yo‘qki, har bir ota-ona farzandlarining yozgi taʼtili unutilmas lahzalarga boy bo‘lishini xohlaydi. Aynan Antaliyada mukammal dam olish haqidagi orzularni haqiqatga aylantirish mumkin.

 

Antaliya noziktaʼb xo‘randalarning sevimli hududi

 

Har bir ota-onaga bolaning ovqati sog‘lom va foydali bo‘lishi juda muhim. Bu, ayniqsa, yozgi taʼtilni rejalashtirishda dolzarb bo‘lib, baʼzida barcha zarur shart-sharoitlarga ega «aynan o‘sha, ko‘ngildagidek mehmonxona»ni topish qiyin bo‘lishi mumkin. Antaliya mehmonxonalari bolalar taomlariga alohida eʼtibor qaratib, mohir oshpazlar tomonidan bolalar uchun keng tanlov va turli taomlarni taqdim etadi. Antaliyadagi barcha restoranlarda bolalar menyusi, qulay va xavfsiz mebellar bilan jihozlangan rangli ko‘ngilochar maydon, shuningdek, ota-onalar uchun maxsus chaqaloq bo‘tqalarini tayyorlash mumkin bo‘lgan oshxona burchaklari mavjud.

 

Antaliya mehmonxonalari – butun oila uchun birinchi darajali qulay maskan

 

Antaliya mehmonxonalari bolalarning yoshidan qatʼi nazar, har doim ular uchun eng yaxshi o‘yin-kulgi va qulay dam olishni tashkillashtirishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu yerda har bir bola o‘zi uchun qiziqarli mashg‘ulot bilan band bo‘ladi, animatorlar mavzuli tadbirlar o‘tkazadi, diskotekalar, turli mahorat darslari, musobaqa, tanlov, o‘yinlar va boshqa ko‘plab tadbirlar tashkil qilinadi.

Bundan tashqari, farzandi hali chaqaloq bo‘lgan onalarga maxsus o‘qitilgan enagalar yordamlashadi. Shuningdek, o‘smirlar uchun dastur futbol akademiyasi va dizayn maktabidagi mashg‘ulotlar, amfiteatr sahnasida o‘z aktyorlik mahoratini namoyish etish imkoniyati, animatorlar bilan baydarkada sayohat va sayr qilish yoki do‘stlar bilan kinoteatrda film tomosha qilish kabi qator imkoniyatlar yaratilgan.

 

Umuman olganda Antaliya – millionlab aholiga ega rivojlanayotgan zamonaviy va albatta, bolalar bilan borish mumkin bo‘lgan ko‘plab joylar mavjud shahardir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика