Rossiyaning “Komsomolskaya pravda” gazetasi chop etgan xabarda maʼlum qilinishicha, ulkan aysberglar muz qitʼasidan ulkan aysberglar uzilib, ochiq okeanga oqib bormoqda. So‘nggi paytda yo‘lga chiqqan ana shunday muztog‘lar orasida Fransiyaning Korsika oroli kattaligiga teng – 8 ming kvadrat kilometrdan ortiq hajmdagi muzlik bo‘lagi bor.
Rejissyor Jeraldin Danon boshchiligidagi fransuz hujjatli kino ijodkorlari guruhi Antarktida bo‘ylab ko‘p kunlik xizmat safaridan qaytdi. Global iqlim isishi muammosidan yaxshi xabardor bo‘lgan hujjatli kino ijodkorlari yetakchi olimlar bilan birgalikda Antarktidadagi harorat o‘zgarishini kuzatishayotgan edi.
“Antarktidadagi o‘rtacha harorat hozir doimgi ko‘rsatkichdan 35 daraja yuqorilamoqda. Agar ilgari bu davrda u -45 dan -50 darajagacha bo‘lgan bo‘lsa, endi bu faqat -15 daraja. Dunyo tabiiy inqiroz yoqasida", — deb yozadi gazeta.
Olimlarni tashvishga solayotgan yana bir muammo-muzliklarning erishidir. Gazetaning yozishicha, so‘nggi tadqiqotlar Antarktidada 3000 yildan beri 1992 milliard tonna muz yo‘qotilgan.


