1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Antitanachalarning xavfli jihati aniqlandi

AQSH olimlari bu borada maxsus tadqiqot o‘tkazishdi.

Antitanachalarning xavfli jihati aniqlandi


 

AQSH olimlari korornavirusdan keyin vujudga keladigan antitanachalar xavfli ekanini aniqladi. Bu haqda Journal of Translational Medicine jurnalida ma’lum qilindi. 

 

Olimlar koronavirusdan to‘liq tuzalgandan so‘ng bir necha oy o‘tib inson organizmida juda katta miqdorda antitanachalar paydobo‘lishi va ular noto‘g‘ri ishlashi mumkinligini qayd etishgan.

 

Xususan, vaksina yaratilgunga qadar koronavirusga chalinib, to‘liq davolangan 177 tibbiyot xodimlarida olti oy davomida barqaror antitanachalar aniqlangan. Ular esa o‘z navbatida doimiy shamollash, mushak va terida og‘riq hamda asab tizimida muammolarga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

 

Avvalroq koronavirusning yangi — "flurona" shtammi aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика