1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Apple 2022-yilda M2 chipli boshlang‘ich darajadagi MacBook Pro chiqaradi

U 13 dyuymli M1 asosidagi modelni almashtirishi mumkin.

Apple 2022-yilda M2 chipli boshlang‘ich darajadagi MacBook Pro chiqaradi

 

Bloombergning maʼlum qilishicha, oktabr oyida MacBook Pro flagmanini chiqargandan so‘ng Apple 13 dyuymli M1 ga asoslangan model o‘rnini bosadigan boshlang‘ich darajadagi MacBook Pro ustida ish boshladi.

 

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, qurilmani yana-da qulayroq qilish uchun kompaniya bir qator texnik o‘zgarishlarga qo‘l urdi: ekran diagonalini kichraytirdi, ProMotion (120 Gts)ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi va xotira hajmini kamaytirdi.

 

Bundan tashqari, noutbuk birinchi marta M2 protsessoriga ega bo‘ladi. Gurmanga ko‘ra, qayta ishlash quvvati bo‘yicha u M1 dan kuchli, ammo M1 Pro va M1 Maxʼdan ortda qoladi.

 

Qayd etilishicha, bunday chip nafaqat MacBook Pro, balki yangilangan MacBook Air, Mac mini va 24 dyuymli Macʼga ham o‘rnatiladi. Avvalroq Bloomberg Apple kompaniyasi 2022-yilda taqdim etishni rejalashtirayotgan qurilmalar ro‘yxatini eʼlon qilgan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda raqamli “prokuror” ixtiro qilingani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика