Bir necha kun oldin iPhone 14 va iPhone14 Plus ishlab chiqarilishi qisqartirilgandi. Endi ular qatoriga iPhone 14 Pro va IPhone Pro Max ham qo‘shilmoqda.
Joriy haftada Apple Xitoy vakillari har ikki smartfon ham rasmiy internet-do‘konda birinchi marta arzonlashtirilganligini e’lon qildi.
Kompaniya bosh direktori Tim Kuk iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max flagman smartfonlariga bo‘lgan yuqori talabni qondira olmayotganini aytdi. Yangi smartfonlardan foydalanish mashhurligi sababli kompaniya yetarlicha iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max ishlab chiqarishga ulgurmaydi. Apple hozirda yangi qismlarni yetkazib berishda ham cheklangan va bu muammoni faol ravishda hal qilmoqda.


