1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Apple’ning hafsalasi pir bo‘ldi

iPhone 14’ga bo‘lgan talab kutilganidek emas.

Apple’ning hafsalasi pir bo‘ldi

 

Amerikaning Apple Inc kompaniyasi talabning pastligi sababli yangi iPhone 14 modellarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish rejalaridan voz kechdi. Bu haqda “Interfaks” nashri yozmoqda.

 

Kompaniya yetkazib beruvchilarga joriy yilning ikkinchi yarmida iPhone 14 ishlab chiqarishni 6 millionga oshirish niyatida emasligini aytdi. 

 

En yirik smartfon bozori bo‘lgan Xitoyda iPhone sotuvi iqtisodiy inqiroz tufayli so‘nggi paytlarda pasaymoqda. Sotuvga chiqarilgandan keyin iPhone 14 buyurtmalari soni o‘tgan yilning shu davridagi iPhone 13 buyurtmalari sonidan 11 foizga kam.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика