AQSH quruqlik qo‘shinlari shaxsiy tarkibi qisqartiriladi. Bu haqda Pentagon vakili Mark Bennett maʼlum qildi.
"Biz 2023-yilgi moliyaviy yilda quruqlik qo‘shinlari sonini 485 mingdan 473 mingga qiskartirish bo‘yicha oldindan qaror qabul qildik. Shu bilan birga Milliy gvardiya va armiya rezervi miqdori o‘zgarishsiz qoladi", — degan u. Bennettning qo‘shimcha qilishicha, bu qaror armiyaga jalb qilingan shaxslarning tayyorgarlik darajasi oshgani bilan bog‘liq.
Hozirgi kunda AQSH quruqlik qo‘shinlarida xizmat qiladiganlar soni Millis gvardiya va armiya rezervi qo‘shinlari bilan qo‘shib hisoblaganda, 1 milliondan oshadi.
Avvalroq NATO sharqiy qanoti kuchaytirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.


