AQSH Isroilga taxminiy qiymati 147,5 million dollarlik M107 artilleriya snaryadlari va tegishli asbob-uskunalarni sotadi. Bu haqda AQSH Mudofaa xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik agentligi rasmiy saytida bayonot berildi.
Maʼlumot uchun, odatda bunday holatlar Kongressning roziligini talab qiladi, biroq Davlat departamenti favqulodda vaziyat tufayli tasdiqlashni kutmasligini maʼlum qildi.


