1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH diktatorlarga qanday munosabatda bo‘lishni biladi – Zelenskiy

Ukraina prezidenti Nikolas Maduroning hibsga olinishini “diktatorlar”ga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish namunasi sifatida ko'rsatdi.

AQSH diktatorlarga qanday munosabatda bo‘lishni biladi – Zelenskiy

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHning Venesuelaga hujumi va Nikolas Maduroning hibsga olinishini “diktatorlar”ga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish namunasi sifatida maqtadi. Bu haqda BILD nashri xabar berdi.

 

“Agar diktatorlarga shunday munosabatda bo‘lish mumkin bo‘lsa, demak, Amerika Qo‘shma Shtatlari bundan keyin nima qilish kerakligini biladi”, —dedi Zelenskiy Kiyevda jurnalistlar oldida.

 

Bayonot konteksti Zelenskiy Vladimir Putinga ishora qilayotganini ko‘rsatgan.

 

Bir kun avval AQSH prezidenti Donald Trampning Floridada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida davlat kotibi Marko Rubio Maduroga qarshi operatsiya boshqalarga ham Amerikaga jiddiy qarash kerakligi haqida ogohlantirish ekanligini aytdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика